Biz haqimizda
Delta IT School — Bolalarni kelajak texnologiyalariga tayyorlovchi zamonaviy IT maktabi. «Aqlli bo'lish zo'r!»
Bolalarda kelajak uchun ko'nikmalar shakllantiramiz
Delta IT School Toshkent shahrida joylashgan zamonaviy IT maktabi. Biz 2024-yildan beri bolalarga dasturlash, o'yin yaratish, web va kiberxavfsizlik asoslarini o'rgatamiz.
Bizning maqsadimiz — shunchaki kod yozishni emas, balki mantiqiy fikrlash, muammo hal qilish va ijodkorlik kabi hayotiy ko'nikmalarni berish. Har bir o'quvchimiz kurs yakunida o'z loyihasini yaratib, uni guruh oldida himoya qiladi.
Viziyamiz
O'zbekistondagi eng ishonchli va zamonaviy bolalar IT maktabi bo'lib, har bir bolaning texnologik salohiyatini ochib berish.
Missiyamiz
Amaliy, qiziqarli va individual yondashuvli o'qitish orqali bolalarni kelajak kasblariga tayyorlash va ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirish.
Nima ustida tayanamiz
Amaliy yondashuv
Nazariyadan ko'ra ko'proq qo'l bilan loyiha yaratishga e'tibor beramiz.
Individual yondashuv
Kichik guruhlar va har bir o'quvchiga alohida e'tibor.
Zamonaviy metodlar
STEM, loyiha-asosli o'qitish va eng yangi texnologiyalar.
Qo'llab-quvvatlash
O'quvchi va ota-onalar bilan doimiy aloqadamiz.
Natijaga yo'naltirilgan
Har bir kurs yakunida real loyiha va natija.
Shaffoflik
Narxlar, jadvallar va o'quv jarayoni ochiq va tushunarli.